fbpx Betguru » Bundesliga. Peshqadam «Union» autsayderga sensatsion mag‘lubiyatga uchradi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. Peshqadam «Union» autsayderga sensatsion mag‘lubiyatga uchradi


Bundesliga 11-turi doirasidagi yana bir o‘yin yakuniga yetdi.

Turnir jadvalini boshqarayotgan «Union» jamoasi safarda turnir autsayderi «Boxum»ga mag‘lubiyatga uchradi – 1:2.

Ushbu mag‘lubiyat Berlin jamoasi uchun mavsumdagi ikkinchisi bo‘lsa, mezbon jamoa uchun 2-g‘alaba bo‘ldi.

Shunga qaramay, Berlin klubi 23 ochko bilan 1-o‘rinda qoldi, «Boxum» esa 7 ochko bilan so‘nggi o‘rindan bir pog‘ona yuqorilab, 17-o‘ringa chiqdi. «Bavariya» va peshqadam o‘rtasida bir ochko farq qoldi.

Bundesliga. 11-tur
Boxum – Union 2:1
Gollar: 1:0 – 43 Xofmann, 2:0 – 71 Xoltmann, 2:1 – 90 Pantovich.
Boxum – Rimann, Gamboa (Ermann, 87), Ordets, Mashovich, Danilo Soares, Losilla, Shteger, Ferster (Stafilidis, 79), Osei-Tutu (Xoltmann, 64), Xofmann (Ganvula, 65), Antvi-Adjey (Osterxage, 79).
Union – Rennov, Trimmel (Skarke, 71), Knoxe, Yekkel, Diogu Leyte, Gisselmann (Ryuerson, 62), Xedira, Xaberer (Pantovich, 20), Shafer,

image