fbpx Betguru » Bundesliga. «Hoffenhaym»da irodali g‘alaba…
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Hoffenhaym»da irodali g‘alaba…

Bundesliga. «Hoffenhaym»da irodali g‘alaba, «Ayntraxt»da mag‘lubiyat va boshqa natijalar
Germaniya chempionatida 23-turdan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

«Hoffenhaym» (37, 4-o‘rin) safarda «Volfsburg» (27, 12-o‘rin) ustidan irodali g‘alabaga erishib, 4-o‘rinni saqlab qoldi.

«Augsburg»ni (22, 16-o‘rin) mehmonda yenggan «Frayburg» (37, 5-o‘rin) ham top-4 uchun kurashni davom ettirmoqda.

«Ayntraxt» (31, 10-o‘rin) «Kyoln»ga (35, 6-o‘rin) imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, tur doirasida «Arminiya» (25, 14-o‘rin) «Union»dan (34, 9-o‘rin) ustun keldi, «Shtutgart» (19, 17-o‘rin) va «Boxum» (29, 11-o‘rin) murosa yo‘lini tanlashdi.

Bundesliga. 23-tur. 19 fevral

Volfsburg — Hoffenhaym 1:2
Gollar: Vind (36) — Bruun-Larsen (73), Kramarich (78).

Augsburg — Frayburg 1:2
Gollar: Gregorich (16) — Petersen (4), Shlotterbek (26).

Arminiya — Union B 1:0
Gol: Okugava (53).

Shtutgart — Boxum 1:1
Gollar: Bella-Kotchap (56, avtogol) — Leven (90+4).

Kyoln — Ayntraxt 1:0
Gol: Modest (84).

image