fbpx Betguru » Bundesliga. «Borussiya» Dortmundda «Bayer»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Borussiya» Dortmundda «Bayer»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Germaniya Bundesligasi 21-turining markaziy o‘yini «Borussiya» D hamda «Bayer» o‘rtasida kechdi.

Dortmundda kechgan o‘yinda turnir jadvalida yonma-yon borayotgan klublar gollar-shousi taqdim etishdi. Muxlislar yettita gol guvohiga aylangan bahsda «Bayer» Dortmundda 5ta gol kiritib, safardan yirik g‘alaba bilan qaytdi – 5:2.

Shu tariqa, «Borussiya» 43 ochko bilan 2-o‘rinda qolgan bo‘lsa, 3-o‘rindagi «Bayer» 38 ochko bilan oradagi farqni 5 ochkogacha qisqartirdi.

Bundesliga. 21-tur
Borussiya D – Bayer 2:5
Gollar: 0:1 – 10, avtogol Akanji, 1:1 – 16, avtogol Frimpong, 1:2 – 20 Virts, 1:3 – 28 Andrix, 1:4 – 53 Ta, 1:5 – 87 Diabi, 2:5 – 89 Tigges.
Borussiya D – Kobel, Mene (Volf, 46), Akanji, Zagadu, Gerreyru, Brandt, Daud, Bellingem, Azar (Reyna, 61), Roys (Tigges, 85), Malen (Mukoko, 79).
Bayer – Grill, Frimpong (Fosu-Mensa, 88), Ta, Inkapie, Bakker, Demirbay, Andrix, Belarabi (Kossunu, 68), Shik (Alario, 81), Diabi (Adli, 89), Virts (Arangis, 81).
Ogohlantirishlar: Daud (26), Belarabi (46).

image