Monday, 15 August 2022
← Go to the news

Bundesliga. «Borussiya» D g‘alabani qo‘ldan chiqardi…

Bundesliga. «Borussiya» D g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Nkunku «Leypsig»ga 3 ochko keltirdi
Germaniya chempionatida 24-turdan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

«Borussiya» D (50, 2-o‘rin) safarda «Augsburg» (23, 15-o‘rin) bilan bahsda g‘alabani boy berdi va endi peshqadam «Bavariya»dan 8 ochkoga ortda qolmoqda. Azarning goliga Sarenren-Bazeye javob berdi.

«Leypsig» (40) esa Nkunkuning yagona goli evaziga «Boxum»ni (29, 11-o‘rin) minimal hisobda mag‘lub etib, 4-o‘ringa qaytdi.

Bundesliga. 24-tur. 27 fevral
Augsburg — Borussiya D 1:1
Gollar: Sarenren-Bazeye (78) — T.Azar (36).
Augsburg – Gikevich, Gaueleu, Oksford, Uduoxay, Pedersen (Yago, 71), Kalijuri, Dorsh (Grueso, 59), Mayer, Vargas (Gyunter, 89), Gregorich (Sarenren Bazeye, 70), Pepi (Niderlexner, 59).
Borussiya D – Kobel, Hummels, Jan, Pongrachich, Gerreyru, Torgan Azar, Vitsel, Dahud (Reyner, 81), Bellingem, Brandt (Volf, 68), Malen (Mukoko, 68).

Boxum — Leypsig 0:1
Gol: Nkunku (82).
Boxum – Rimann, Gamboa, Lyaytsh, Bella-Kochap, Danilo Soares, Losilla, Rejbechay, Leven (Blum, 86), Polter (Lokadiya, 71), Asano (Holtmann, 72), Pantovich (Antvi-Ajey, 72).
Leypsig – Gulachi, Mukiyele (Henriks, 72), Orban, Klostermann, Simakan, Anxelino, Forsberg (Laymer, 81), Adams (Olmo, 59), Aydara, Soboslai (Nkunku, 58), Poulsen (Andre Silva, 58).