fbpx Betguru » Bundesliga. «Bavariya»dan sensatsion mag‘lubiyat…
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Bavariya»dan sensatsion mag‘lubiyat…

Bundesliga. «Bavariya»dan sensatsion mag‘lubiyat, Levandovskida dubl va boshqa natijalar
Germaniya Bundesligasi 22-turi doirasidagi bir qator uchrashuvlar yakuniga yetdi.

Turning eng kutilmagan natijasi «Boxum» va «Bavariya» o‘rtasidagi uchrashuvda kuzatildi. O‘yinda Levandovski hisobni ochgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay Antvi-Adjey muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘limning so‘nggi 7 daqiqasida esa mezbonlar ketma-ket uch marotaba Ulrayx darvozasini ishg‘ol etishdi – 4:1. Ikkinchi bo‘limda Robert dublini rasmiylashtirib yirik hisobli farqni qisqartirdi, xolos – 4:2.

Shu tariqa, «Bavariya» 52 ochko bilan 1-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Boxum» ochkolari sonini 28taga yetkazib, hozircha 11-o‘ringa ko‘tarildi.

Qolgan o‘yinlardagi natijalar bilan tanishing:

Bundesliga. 22-tur

Boxum – Bavariya 4:2
Gollar: 0:1 – 9 Levandovski, 1:1 – 14 Antvi-Adjey, 2:1 – 38, penalti Lokadiya, 3:1 – 40 Gamboa, 4:1 – 44 Xoltmann, 4:2 – 75 Levandovski.
Boxum – Esser, Gamboa, Lyaytsh, Bella-Kochap, Danilo Soares, Stafilidis, Mashovich, Asano, Pantovich, Losilla, Redjbechay, Osterxage, Polter, Lokadiya, Xoltmann, Antvi-Adjey.
Bavariya – Ulrayx, Pavar, Zyule, Upamekano, Ernandes, Zabitser, Tolisso, Gnabri, Kimmix, Shupo-Moting, Myuller, Levandovski, Koman, Sane.

Borussiya M – Augsburg 3:2
Gollar: 1:0 – 30 Kone, 2:0 – 46 Hofmann, 2:1 – 55 Yago, 3:1 – 67 Bensebayni, 3:2 – 90 Finnbogason.
Borussiya M – Zommer, Layner, Ginter, Elvedi, Fridrix, Bensebayni, Skalli, Nets, Herrmann, Kramer, Tyuram, Hofmann, Noyxaus, Kone, Plea, Embolo.
Augsburg – Gikevich, Framberger, Gaueleu, Oksford, Yago, Pedersen, Sarenren Bazeye, Moravek, Xan, Dorsh, Vargas, Finnbogason, Zekiri, Pepi, Gregorich, Niderlexner.

Ayntraxt F – Volfsburg 0:2
Gol: 0:1 – 28, penalti Kruze, 90 Lukebakio.
Ayntraxt F – Trapp, da Koshta, Xinteregger, Ndika, Tuta, Lens, Kostich, Xrustich, Xeuge, Knauff, Sou, Yakich, Pasiyensiya, Kamada, Lindstrem, Borre.
Volfsburg – Kastels, Baku, Bruks, Bornauv, Lakrua, Russiyon, Shteffen, Gerxardt, Lukebakio, Arnold, Filipp, Vranks, Byalek, Kruze, Vind.

Groyter – Herta 2:1
Gollar: 1:0 – 1 Xrgota, 2:0 – 71, penalti Xrgota, 2:1 – 82 Gexter.
Groyter – Linde, Mayerxefer, Virgever, Grisbek, Itter, Bauer, Zeguin, Grin, Tillmann, Pululu, Dudzyak, Kristiansen, Nilsen, Leveling, Xrgota.
Herta – Shvolov, Pekarik, Shtark, Gexter, Mittelshtedt, Berkan, Serdar, Li Don Chjun, Rixter, Darida, Tuzar, Zelke, Yovetich, Belfodil, Maolida.

Frayburg – Mayns 1:1
Gollar: 0:1 – 30 Xak, 1:1 – 69 Petersen.
Frayburg – Flekken, Kyubler, Linxart, Shlotterbek, Gyunter, Xefler, Grifo, Shallai, Eggeshtayn, Chjon Vu Yen, Xeler.
Mayns – Sentner, Vidmer, Bell, Xak, Niakate, Aaron Martin, Kor, Li Chje Son, Shtax, Onisivo, Burkardt.

image