Saturday, 3 December 2022
← Go to the news

Bundesliga. «Bavariya» yilni «Gladbax»dan uchralgan mag‘lubiyat bilan boshlad

Germaniya chempionatida ikkinchi davra bahslariga start berildi.

18-turning ilk o‘yinida peshqadam «Bavariya» o‘z maydonida Myonxengladbaxning «Borussiya»siga imkoniyatni boy berdi. Levandovskining goliga Noyhaus va Layner javob berishdi.

E’tiborlisi, Myunxen klubi ushbu mavsumda «Gladbax» bilan 3 bor to‘qnashib, birortasida g‘alaba qozona olmadi. 1-davrada durang (1:1) qayd etilgan bo‘lsa, Germaniya Kubogida Nagelsmann jamoasi sharmandali hisobda (0:5) yutqazib turnirni tark etgandi.

«Bavariya» 43 ochko bilan 1-o‘rinni egallab turibdi. «Borussiya» 22 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarildi.

Bundesliga. 18-tur
Bavariya — Borussiya M 1:2
7 yanvar, «Alyans Arena»
Gollar: Levandovski (18) — Noyhaus (27), Layner (31).
Bavariya – Ulrayx, Zyule, Pavar, Zabitser, Roka (Vanner, 75), Musiala, Kimmix, Myuller, Levandovski, Gnabri, Tillman (Kopado, 75).
Borussiya M – Zommer, Layner (Herrmann, 79), Yanchke (Bayer, 67), Ginter, Elvedi, Nets, Kramer (Benesh, 79), Noyhaus (Plea, 67), Kone, Shtindl (Tyuram, 90), Embolo.
Ogohlantirish: Shtindl (78).