fbpx Betguru » Bundesliga. «Bavariya» «Frayburg»ni tor-mor etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Bundesliga. «Bavariya» «Frayburg»ni tor-mor etib, 2-o‘ringa ko‘tarildi



Germaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda «Bavariya» o‘z maydonida 2-o‘rindagi «Frayburg» darvozasiga javobsiz 5ta to‘p kiritdi.

Natijada Myunxen klubi ochkolarini 19taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. 18 ochkosi bor «Frayburg» 3-pog‘onaga tushdi.

Bundesliga. 10-tur
Bavariya — Frayburg 5:0
16 oktyabr, «Alyans Arena»
Gollar: Gnabri (13), Shupo-Moting (33), Sane (52), Mane (55), Zabitser (80).
Bavariya – Ulrayx, Mazraui (Stanishich, 79), Upamekano, de Ligt (Pavar, 76), Devis, Goretska (Zabitser, 76), Kimmix, Shupo-Moting (Musiala, 66), Mane, Gnabri, Sane (Tel, 76).
Frayburg – Flekken, Sildiyya, Ginter, Linxart, Gyunter, Hefler (Kaytel, 64), Grifo (Vaysxaupt, 57), Eggeshtayn, Gregorich (Petersen, 56), Doan (Heler, 76), Shade (Chon Vu Yon, 57).
Ogohlantirishlar: Gregorich (50), Sildiyya (51).

image