fbpx Betguru » Buffon: «2003 yili YeCHLning eng yaxshi futbolchisi deb topildim, ammo «Oltin to‘p»da top-5ga ham kira olmadim»
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

Buffon: «2003 yili YeCHLning eng yaxshi futbolchisi deb topildim, ammo «Oltin to‘p»da top-5ga ham kira olmadim»

Janluiji Buffonning fikricha, «Oltin to‘p» sovrini har doim ham mantiqiy bo‘lavermaydi.

«Oltin to‘p»ni hech qachon qo‘lga kiritmaganim? Mantiq har doim ham mavjud emas. 2003 yilda men Chempionlar Ligasining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildim, bu darvozabonlarda kam uchraydi. Ammo kuchli beshlikka ham kira olmadim.

Menga farqi yo‘q, chunki qo‘shimcha mukofotlar haqida qayg‘urmayman. Ammo prinsip bo‘lishini xohlayman, chunki bu sport va men buni ko‘pincha ko‘rmayman», — dedi «Yuventus»ning sobiq darvozaboni France Football nashriga.

image