fbpx Betguru » «Borussiya» Aller transferini e’lon qildi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

«Borussiya» Aller transferini e’lon qildi

Dortmundning «Borussiya» klubi tarixidagi rekord transfer haqida rasman e’lon qildi.

Klub «Ayaks» hujumchisi Sebastyan Aller Dortmund klubiga o‘tganini rasman e’lon qildi. «Borussiya» Fransiya va Kot d’ivuar fuqaroligiga ega 28 yoshli forvard uchun 31+4 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.

Aller bilan 2026 yilga qadar 4 yillik shartnoma imzolangan. U «arilar» safida 9-raqam ostida to‘p suradi. Klub ushbu hujumchini Erling Holand o‘rniga taklif etgan.

Ma’lumot uchun, Aller o‘tgan mavsum Amsterdam klubi safida chempionatda 31 o‘yinda 21ta gol, YeCHL esa 8 bahsda 11ta golga mualliflik qilgan.

image