fbpx Betguru » «Barselona» yozgi transfer oynasidagi dastlabki transferini e’lon qildi
Wednesday, 24 April 2024
← Go to the news

«Barselona» yozgi transfer oynasidagi dastlabki transferini e’lon qildi

Ispaniyaning «Rasing» jamoasi a’zosi Pablo Torre «Barselona»ning yozgi transfer oynasidagi dastlabki xaridiga aylandi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Pablo Torre Kataloniya klubi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolagan. 19 yoshli ispaniyalik yarimhimoyachi uchun «Barsa» «Rasing» klubiga 5 million yevro transfer puli to‘laydi.

Torre yakunlangan mavsum Ispaniya quyi divizionida 32 o‘yinda maydonga tushib, 10ta golga mualliflik qilgan.

Avvalroq, «Barselona» Robert Levandovski, Sesar Aspilikueta, Markos Alonso, Andreas Kristiansen singari futbolchilar bilan muzokara olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.

image