fbpx Betguru » «Barselona» — bu mavsumda Yevropada uy o‘yinlariga eng ko‘p muxlis kelgan klub (top-10)
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

«Barselona» — bu mavsumda Yevropada uy o‘yinlariga eng ko‘p muxlis kelgan klub (top-10)


«Barselona»ning bu mavsumdagi uy o‘yinlari Yevropada eng ko‘p muxlislarni jalb qilmoqda.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, La Liganing 2022/23 yilgi mavsumining birinchi qismida «Kamp Nou»ga o‘rtacha tashrif buyuruvchilar soni 83 194 nafarni tashkil qilgan. Bu mavsumda kataloniyaliklarning 2ta o‘yinida — «Inter» (3:3, 92 302 kishi) va «Almeriya» (2:0, 92 605 muxlis)ga qarshi bahslarda 90 000 dan ortiq muxlis kelgan.

Ushbu mavsumda o‘rtacha tomoshabinlar soni bo‘yicha Yevropaning eng yaxshi 10 klubi quyidagilar:

  1. «Barselona» — 83 194
  2. «Borussiya Dortmund» — 81 032
  3. «Bavariya» — 75 007
  4. «Manchester Yunayted» — 74 184
  5. «Milan» — 72 656
  6. «Inter» — 72 080
  7. «Marsel» — 62 136
  8. «Roma» — 61 794
  9. «Shalke» — 60 870
  10. «Arsenal» — 60,135

Ma’lumot o‘rnida, «Real»ning bu mavsumdagi uy o‘yinlariga o‘rtacha tashrif 57 552 kishini, «Atletiko»da esa 54 507 kishini tashkil qilgan.

image