fbpx Betguru » “Barselona” 39 yoshli Alves bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

“Barselona” 39 yoshli Alves bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi

Ispaniyaning “Barselona” klubi himoyachi Dani Alves bilan yangi shartnoma imzolashga bir qadam qoldi. Bu haqda UOL xabar bermoqda.

2008 yildan 2016 yilgacha jamoada o’ynagan 39 yoshli Alves 2021 yilning noyabrida (ular faqat qishki transfer oynasida e’lon qilishgan) mavsum oxirigacha shartnoma imzolagandi. Braziliyalik futbolchi faoliyatini davom ettirish niyatida, chunki u milliy terma jamoa tarkibida Qatardagi jahon chempionatiga borishni rejalashtirgan.

Alves joriy mavsumda barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi qo’lga kiritilgan sovrinlar soni bo’yicha jahon rekordchisi (40 dan ortiq).

image