fbpx Betguru » Azar APLdagi eng qiyin raqibini aytdi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

Azar APLdagi eng qiyin raqibini aytdi

«Real» yarimhimoyachisi Eden Azar «Manchester Siti» himoyachisi Kayl Uokerning mahoratiga yuqori baho berdi.

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi «Premer-ligadagi eng qiyin raqib kim bo‘lgan?» degan savolga javob berar ekan, angliyalik himoyachini aytdi.

«Men kuchli va tezkorman, lekin u mendan ham kuchliroq va tezroq.

Menimcha, u — hozirda eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilaridan biri», — deya belgiyalikning so‘zlarini keltiradi ESPN.

image