Monday, 15 August 2022
← Go to the news

«Atletiko» Vitsel transferini e’lon qildi

«Atletiko» klubi yozgi transfer oynasida yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirmoqda.

Klub rasmiy sayti Dortmundning «Borussiya» klubi yarimhimoyachisi Aksel Vitsel Madrid jamoasi a’zosiga aylanganini e’lon qildi. Belgiyalik futbolchi bilan bir yillik shartnoma imzolangan. U madridliklar safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan.

Ma’lumot uchun, Vitsel nemis klubi safida jami 144 o‘yin o‘tkazib, 13ta gol va 6ta assistga mualliflik qilgan. U shuningdek, «Benfika» va «Zenit» safida to‘p surgan.