fbpx Betguru » Arteta: «Gol urishga harakat qildik.
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

Arteta: «Gol urishga harakat qildik.

Arteta: «Gol urishga harakat qildik. Ammo raqib jarima maydonchasi yaqinida faollik va ijodkorlik yetishmadi» «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 23-turidan o‘rin olgan «Byornli» (0:0) bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. «Bellashuvni kuchsiz boshladik. Charchagandek ko‘rindik. Ritm yetishmadi. Keyin qo‘shdik, tezroq ishlay boshladik, xavfli vaziyatlarni yarata boshladik. Ikkinchi bo‘lim birinchisiga o‘xshamadi. Har tomonlama gol urishga harakat qildik, ammo raqib jarima maydonchasi yaqinidagi harakatlarimiz sifatsiz edi. O‘yin oxirida juda chuqur himoyaga duch kelganingizda, faolroq va ijodkor bo‘lishingiz kerak, ammo bugun men buni ko‘rmadim. «Byornli» shunday o‘ynaydi – ular o‘yinni sekinlashtirishga urindi va buni ham hurmat qilish kerak. Gol urish va futbolchilarni tarkibga qaytarish vaqti keldi. So‘nggi 4 haftada jarohatlar va koronavirus tufayli mashg‘ulotlarni tashkil etish hamda tarkib tanlashda juda qiyin bo‘ldi», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi VVS.

image