Friday, 3 February 2023
← Go to the news

Arteta: «2 ochko yo‘qotdik. Faqat o‘zimizni ayblashimiz mumkin»



«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta APL 13-turidan o‘rin olgan «Sauthempton» (1:1) bilan bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bizda 2 ochko yo‘qotilgandek his bor, ayniqsa, o‘yin boshidagi harakatlarimiz va yaratgan imkoniyatlarimizni hisobga olsak. G‘alaba qozonishimiz kerak edi.

Ammo faqat o‘zimizni ayblashimiz mumkin. O‘ylashimcha, ikki bo‘limdagi o‘yinimiz bir-biridan farq qildi. Raqib qo‘shimcha bosim o‘tkaza boshladi va bizda to‘pga egalik qilishda muammolar paydo bo‘ldi.

3-4ta yaxshi imkoniyat bo‘ldi va ko‘proq gol urishimiz kerak edi. Bu xafa qiladi. Yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi, ammo to‘pni darvozaga aniq yo‘llashning iloji bo‘lmadi. Bu bizga saboq bo‘ladi.

Granit Jaka haqiqatan ham samarali, barqaror va hayratlanarli o‘ynaydi. Va u shunday davom etishni xohlaydi», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi BBC.