fbpx Betguru » APL. «Vest Hem» «Vulverhempton»ni mag‘lub etib…
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

APL. «Vest Hem» «Vulverhempton»ni mag‘lub etib…

APL. «Vest Hem» «Vulverhempton»ni mag‘lub etib, «Arsenal»dan o‘zdi
Angliya Premer-ligasi 27-turi doirasida «Vest Hem» o‘z maydonida asosiy raqobatchilaridan biri «Vulverhempton»ga qarshi saf tortdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Souchek tomonidan kiritilgan yagona gol Devid Moyes shogirdlariga g‘alaba keltirdi – 1:0.

Natijada, «Vest Hem» APL turnir jadvalida ochkolari sonini 45taga yetkazib, gollar nisbatiga ko‘ra «Arsenal»ni ortda qoldirgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Bo‘rilar» esa 40 ochko bilan 8-pog‘onadan joy olgan.

APL. 27-tur
Vest Hem – Vulverhempton 1:0
Gol: 1:0 – 59 Souchek.
Vest Hem – Fabianski, Jonson, Douson, Zuma, Kressuell, Lansini, Souchek, Rays, Fornals (Diop, 90), Antonio (Vlashich, 90), Bouen.
Vulverhempton – Joze Sa, Xuver, Koudi, Saiss, Kilmen, Marsal (Netu, 76), Dendonker, Ruben Nevesh, Xvan Xi Chxan (Ximenes, 81), Trinkau (Podense, 60), Fabiu Silva.
Ogohlantirishlar: Antonio (82).

image