fbpx Betguru » APL. «Vest Hem» «Nyukasl» bilan o‘yinda ochko yo‘qotib, «MYU»dan o‘zib keta olmadi…
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

APL. «Vest Hem» «Nyukasl» bilan o‘yinda ochko yo‘qotib, «MYU»dan o‘zib keta olmadi…

APL. «Vest Hem» «Nyukasl» bilan o‘yinda ochko yo‘qotib, «MYU»dan o‘zib keta olmadi
Angliya Premer-ligasi 26-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvda «Vest Hem» o‘z maydonida «Nyukasl»ga qarshi saf tortdi.

Uchrashuvda Douson hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakunida Uillok muvozanatni tikladi – 1:1. Bu o‘yindagi yakuniy natija bo‘ldi.

Shu tariqa, «Vest Hem» ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham ochko yo‘qotib, «MYU»dan o‘za olmay, 42 ochko bilan 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Nyukasl» ketma-ket 6-o‘yinda ham ochko olib, 22 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.

APL. 26-tur
Vest Hem – Nyukasl 1:1
Gollar: 1:0 – 32 Douson, 1:1 – 45 Uillok.
Vest Hem – Fabianski, Frederiks (Jonson, 46), Douson, Zuma, Kressuell, Souchek, Rays, Fornals, Antonio, Benraxma (Vlashich, 73), Bouen.
Nyukasl – Dubravka, Kraft, Sher, Bern, Targett, Shelvi, Uillok (Bruno Gimaraes, 88), Freyzer (Almiron, 79), Merfi, Vud, Joelinton.\

image