Thursday, 26 May 2022
← Go to the news

APL. «Vest Hem» «Lester»ga 90+1-daqiqada gol urib…

APL. «Vest Hem» «Lester»ga 90+1-daqiqada gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Angliya chempionatining 25-turida «Lester» o‘z maydonida «Vest Hem»ni qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Bouenning tezkor goliga mezbonlardan Tilemans va Pereyra javob berdi. 90+1-daqiqada esa Douson londonliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoluvchi to‘pni kiritdi.

«Vest Hem» 41 ochko bilan 4-pog‘onada qoldi, «Lester» 27 ochko bilan 11-o‘ringa chiqib oldi.

APL. 25-tur
Lester — Vest Hem 2:2
13 fevral, «King Pauer»
Gollar: Tilemans (45, penalti), Pereyra (58) — Bouen (10), Douson (90+1).
Lester — Shmeyxel, Amarte, Suyunji, Jastin (Tomas, 31), Ndidi, Tilemans (Vestergor, 90), Dyusberi-Holl, Meddison (Lukman, 72), Barns, Daka.
Vest Hem — Fabyanski, Soufal (Frederiks, 67), Douson, Diop, Kressuell, Rays, Souchek, Bouen, Lansini (Binrahma, 79), Fornals (Vlashich, 79), Antonio.
Ogohlantirishlar: Pereyra (18), Kressuell (60), Rays (61).