fbpx Betguru » APL. «Tottenhem» «Arsenal»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va YeCHL yo‘llanmasi uchun intrigani kuchaytirdi, Keynda dubl
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

APL. «Tottenhem» «Arsenal»ni yirik hisobda mag‘lub etdi va YeCHL yo‘llanmasi uchun intrigani kuchaytirdi, Keynda dubl

Angliya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda «Tottenhem» London derbisida «Arsenal»ga javobsiz 3ta to‘p kiritdi. Keyn dublga erishgan bo‘lsa, Son ham maydonni golsiz tark etmadi.

Natijada 5-o‘rindagi «Tottenhem» ochkolarini 65taga yetkazib, YeCHL pozitsiyasida bo‘lgan 4-pog‘onadagi «Arsenal» (66) bilan farqni minimal ko‘rinishga olib keldi. So‘nggi ikki turda Konte jamoasi «Byornli» va «Norvich» bilan o‘ynasa, Arteta shogirdlari «Nyukasl» va «Everton» ga qarshi bahs yuritadi.

APL. 22-tur
Tottenhem — Arsenal 3:0
12 may, «Tottenhem Stedium»
Gollar: Keyn (22 penalti, 37), Son (47).
Tottenhem – Loris, Emerson, Dayer, Devis (Rodon, 82), Sanches, Sessenon, Son (Bergveyn, 72), Hyoyberg, Bentankur, Kulusevski (Moura, 72), Keyn.
Arsenal – Remsdeyl, Soaresh, Holding, Gabriel (Tavaresh, 76), Tomiyasu, Jaka, El-Nenni, Edegor, Nketia (Lyakazett, 73), Martinelli (Smit-Rou, 64), Saka.
Ogohlantirishlar: Devis (17), Holding (26), Smit-Rou (86), Edegor (88), Jaka (90+1).
Chetlatish: Holding (33).

image