fbpx Betguru » APL. «MYU» «Sauthempton» bilan o‘yinda ochko yo‘qotib…
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

APL. «MYU» «Sauthempton» bilan o‘yinda ochko yo‘qotib…

APL. «MYU» «Sauthempton» bilan o‘yinda ochko yo‘qotib, 5-o‘ringa ko‘tarildi
APL 25-turining dastlabki uchrashuvi «Old Trafford»da o‘tdi.

«Manchester Yunayted» jamoasi muxlislari qarshisida «Sauthempton»ni qabul qilib, navbatdagi muhim ochkolarni yo‘qotdi. Sancho birinchi bo‘limda hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Adams hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Shu tariqa, «MYU» ochkolari sonini 40taga yetkazib, hozircha 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Sauthempton» esa 29 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

APL. 25-tur
Manchester Yunayted – Sauthempton 1:1
Gollar: 1:0 – 21 Sancho, 1:1 – 48 Adams.
Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Varan, Maguayr, Shou, Pogba, Brunu Fernandesh, Maktomini (Elanga, 76), Ronaldu, Reshford (Lingard, 82), Sancho.
Sauthempton – Forster, Uoker-Piters, Bednarek (Stivens, 46), Salisu, Perro, Armstrong, Elyunussi (Livramento, 71), Romeu, Uord-Prouz, Adams, Broya.
Ogohlantirishlar: Reshford (16), Maktomini (31), Pogba (85), Lingard (90).

image