fbpx Betguru » APL. «MYU» safarda «Everton»ni mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi Angliya Premer-ligasi 9-turi doirasidagi navbatdagi bahs yakuniga yetdi.
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

APL. «MYU» safarda «Everton»ni mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi Angliya Premer-ligasi 9-turi doirasidagi navbatdagi bahs yakuniga yetdi.

«MYU» safarda «Everton» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda Ivobining golidan keyin mezbonlar hisobni ochgan bo‘lsa-da, 15-daqiqada Antoni farqni tenglashtirdi – 1:1.

29-daqiqada esa jarohat olgan Marsyal o‘rniga Ronaldu maydonga tushib, 44-daqiqada APL joriy mavsumidagi ilk golini kiritdi. Uning klublardagi faoliyati davomida kiritgan 700-goliga aylangan ushbu gol yakunda «Yunayted»ga muhim g‘alabani keltirdi – 2:1.

Shu tariqa, «MYU» ochkolari sonini 15taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. Lempard shogirdlari esa 10 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

APL. 9-tur.
Everton – Manchester Yunayted 1:2
Gollar: 1:0 – 5 Ivobi, 1:1 – 15 Antoni, 1:2 – 44 Ronaldu.
Everton – Pikford, Koulmen (Garner, 75), Tarkovski, Koudi, Mikolenko, Guye (Kelvert-Lyuin, 76), Onana, Grey, Mope (Rondon, 84), Ivobi, Gordon (Maknil, 67).
Manchester Yunayted – De Xea, Diogu Dalot, Lindelef, Martines, Shou, Eriksen (Maktomini, 83), Kazemiro, Brunu Fernandesh, Marsyal (Ronaldu, 29), Reshford, Antoni.
Ogohlantirishlar: Onana (51), Gordon (63), Maktomini (85).

image