fbpx Betguru » APL. «MYU» autsayderni mag‘lub etolmadi…
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

APL. «MYU» autsayderni mag‘lub etolmadi…

APL. «MYU» autsayderni mag‘lub etolmadi, «Vest Hem» 4-o‘ringa ko‘tarildi, «Nyukasl» «Everton»dan ustun keldi
Angliya chempionatida 24-turdan o‘rin olgan uch o‘yin bo‘lib o‘tdi.

«Manchester Yunayted» (39, 5-o‘rin) safarda autsayder «Byornli»ni (14, 20-o‘rin) mag‘lub eta olmay, 4-o‘rindan tushib ketdi. Pogbaning goliga Rodriges javob berdi.

«Nyukasl» (18, 17-o‘rin) Lempard boshqaruvidagi «Everton» (19, 16-o‘rin) ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, xavfli hududdan yuqoriladi.

«Vest Hem» (40) Boeunning goli evaziga «Uotford»dan (15, 19-o‘rin) ustun kelib, 4-o‘ringa chiqib oldi.

APL. 24-tur. 8 fevral
Byornli — Manchester Yunayted 1:1
Gollar: Rodriges (48) — Pogba (18).
Byornli — Pop, Roberts, Tarkovski, Mi, Piters, Maknil, Vestvud, Braunhill, Korne (Lennon, 69), Rodriges, Vegorst.
Manchester Yunayted — De Xea, Dalot, Maguayr, Varan, Shou, Mayetominey (Lingard, 81), Pogba, Fernandesh, Sancho, Reshford (Elanga, 85), Kavani (Ronaldu, 68).

image