Tuesday, 6 December 2022
← Go to the news

APL. «Liverpul» o‘z uyida «Lids»ga yutqazib qo‘ydi, «Everton»da durang


Angliya chempionatining 14-turida «Liverpul» o‘z maydonida «Lids»ga mag‘lub bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Gomesning xatosidan so‘ng Rodrigo hisobni ochgan bo‘lsa, Saloh muvozanatni tikladi. 89-daqiqada esa Sammervill to‘p kiritib, mehmonlarga 3 ochko keltirdi.

Klopp jamoasi 16 ochko bilan 9-o‘rinda qoldi. «Lids» 12 ochko bilan 15-pog‘onaga ko‘tarildi.

Londonda o‘tgan «Fulhem» (19, 7-o‘rin) va «Everton» (14, 12-o‘rin) o‘rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.

APL. 14-tur. 29 oktyabr

Liverpul — Lids 1:2
Gollar: Saloh (14) — Rodrigo (5), Sammervill (89).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Milner, 79), van Deyk, Gomes, Robertson, Elliott (Jons, 60), Tiago Alkantara, Fabino (Henderson, 61), Firmino, Saloh, Nunes.
Lids – Mele, Kristensen, Kuper, Kox, Streyk, Roka, Adams, Harrison (Nonto, 72), Aaronson, Rodrigo (Bemford, 52), Sammervill (Eyling, 90+1).
Ogohlantirish: Sammervill (90).

Fulhem — Everton 0:0
Fulhem – Leno, Rim, Diop, Robinson, Kebano (Uilson, 67), Rid, Pereyra (Kerni, 76), Palinya, Dekordova-Rid (Tete, 76), Villian, Mitrovich.
Everton – Pikford, Koulmen (Patterson, 64), Tarkovski, Koudi, Mikolenko, Guye (Garner, 65), Grey (Maknil, 76), Onana, Ivobi, Kelvert-Lyuin, Gordon (Mope, 86).
Ogohlantirishlar: Mitrovich (24), Dekordova-Rid (58), Onana (64).