Friday, 27 May 2022
← Go to the news

APL. «Liverpul» «Lids»ga 6ta gol urdi, «Tottenhem»da mag‘lubiyat, Hojson sobiq jamoasiga yirik hisobda yutqazdi

Angliya chempionatida qoldirilgan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

13-tur doirasidagi bahsda «Tottenhem» (39, 8-o‘rin) kutilmaganda safarda «Byornli»ga (20, 18-o‘rin) imkoniyatni boy berib, 7-o‘ringa ko‘tarila olmadi.

19-tur o‘yinida «Liverpul» (60, 2-o‘rin) o‘z maydonida «Lids» (23, 15-o‘rin) darvozasiga javobsiz 6ta to‘p kiritib, peshqadam «Manchester Siti» (63) bilan o‘rtadagi farqni 3 ochkogacha qisqartirdi. Mersisaydliklar safida Saloh va Mane dublga erishdi.

18-tur bahsida esa «Kristal Pelas» (29, 11-o‘rin) London derbisida sobiq ustozi Roy Hojson boshqaruvidagi «Uotford»dan (18, 19-o‘rin) yirik hisobda ustun keldi.

APL. Qoldirilgan o‘yinlar. 23 fevral
13-tur

Byornli — Tottenhem 1:0
Gol: Mi (71).
Byornli – Poup, Roberts, Mi, Tarkovski, Piters, Lennon, Kork, Braunhill, Rodriges, Vegorst (Barns, 89), Maknil.
Tottenhem – Loris, Emerson (Moura, 65), Dayer, Devis, Romero, Sessenon (Bergveyn, 79), Son, Hyoyberg, Bentankur (Uinks, 46), Kulusevski, Keyn.

18-tur

Uotford — Kristal Pelas 1:4
Gollar: Sissoko (18) — Mateta (15), Gallaher (42), Zaa (85, 90).
Uotford – Foster, Femeniya, Ketkart, Samir, Kamara, Sissoko, Kleverli (Kayembe, 73), Luza, King (Ernandes, 51), Dennis, Sarr.
Kristal Pelas – Batlend, Klayn, Andersen, Geyi, Mitchell, Kuyate, Hyuz (Makartur, 80), Gallaher, Olise (Ayyu, 73), Zaa, Mateta (Eduar, 90).

19-tur

Liverpul — Lids 6:0
Gollar: Saloh (15 penalti, 35 penalti), Matip (30), Mane (80, 90+1), van Deyk (90+3).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Alkantara (Henderson, 68), Fabino, Jons (Milner, 77), Saloh, Mane, Dias (Origi, 84).
Lids – Mele, Dallas, Eyling, Streyk, Firpo, Harrison, Forshou, Klix (Sheklton, 46), Rafinya, Rodrigo (Roberts, 46), Jeyms (Gelhardt, 61).