fbpx Betguru » APL. «Liverpul» derbida «Everton»ni mag‘lub etib, «Man Siti» bilan minimal farqni saqlab qoldi
Saturday, 27 April 2024
← Go to the news

APL. «Liverpul» derbida «Everton»ni mag‘lub etib, «Man Siti» bilan minimal farqni saqlab qoldi

Angliya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan Mersisayd derbisida «Liverpul» o‘z maydonida «Everton»ni qabul qilib, Robertson va Origining gollari evaziga g‘alaba qozondi.

«Liverpul» ochkolarini 79taga yetkazib, peshqadam «Manchester Siti» (80) bilan farqni yana minimallashtirdi. «Everton» 29 ochko bilan 18-pog‘onaga tushib ketdi.

APL. 34-tur
Liverpul — Everton 2:0
24 aprel, «Enfild»
Gollar: Robertson (62), Origi (85).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Tiago Alkantara, Fabino, Keyta (Origi, 60), Saloh, Mane (Dias, 60), Jota (Henderson, 82).
Everton – Pikford, Koulmen, Kin, Holgeyt, Mikolenko, Allan (Alli, 73), Dukure, Grey (Rondon, 77), Ivobi, Risharlison, Gordon.
Ogohlantirishlar: Gordon (25), Mane (45+2), Dukure (45), Aleksander-Arnold (58), Allan (66), Alli (89), Risharlison (90+1).

image