fbpx Betguru » APL. «Liverpul» autsayderni mag‘lub etdi, «Tottenhem» yana yutqazdi, Tripper «Nyukasl»ga 3 ochko keltirdi.
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

APL. «Liverpul» autsayderni mag‘lub etdi, «Tottenhem» yana yutqazdi, Tripper «Nyukasl»ga 3 ochko keltirdi.

Angliya chempionatida 25-tur o‘yinlari davom ettirildi.

«Liverpul» (54, 2-o‘rin) Fabinoning goli evaziga «Byornli»ni (14, 20-o‘rin) mag‘lub etib, peshqadam «Manchester Siti»ni (63) quvishda davom etmoqda.

O‘tgan turda o‘z maydonida «Sauthempton»ga imkoniyatni boy bergan «Tottenhem» (36) bu safar «Vulverhempton»ga (37, 7-o‘rin) yutqazdi va 8-pog‘onaga tushib ketdi.

Tripper qatorasiga ikkinchi o‘yinda jarimadan gol urib, «Nyukasl»ga (21, 17-o‘rin) «Aston Villa» (27, 11-o‘rin) ustidan g‘alaba keltirdi.

APL. 25-tur. 13 fevral
Byornli — Liverpul 0:1
Gol: Fabino (40).
Byornli — Pop, Roberts, Tarkovski, Mi, Piters, Lennon, Vestvud, Braunhill, Korne, Vegorst (Barns, 75), Rodriges (Maknil, 62).
Liverpul — Alisson, Aleksander-Arnold, Matip, van Deyk, Robertson, Henderson (Tiago, 59), Fabino, Keyta (Milner, 90+2), Saloh, Mane (Jota, 67), Firmino.

Tottenhem — Vulverhempton 0:2
Gollar: Ximenes (6), Dendoker (18).
Tottenhem — Loris, Sanches, Romero, Devis, Doerti (Emerson, 82), Uinks, Bentankur, Sessenon (Kulusevski, 28), Moura (Bergveyn, 71), Son, Keyn.
Vulverhempton — Sa, Kilman, Koudi, Saiss, Semedu, Dendoker, Nevesh, Kandl (Trinkau, 84), Ait Nuri, Podense (Hvan, 81), Ximenes (Silva, 86).

Nyukasl — Aston Villa 1:0
Gol: Tripper (35).
Nyukasl — Dubravka, Tripper (Kraft, 48), Sher, Bern, Mankilo (Dammett, 45+3), Uilloye (Gimaraes, 90+2), Shelvi, Joelinton, Freyzer, Sen-Maksimen, Vud.
Aston Villa — Martines, Kesh, Chembers, Mings, Din, Makginn (Chukvuemeka, 85), Luis, Remzi, Buendia (Beyli, 72), Koutino, Uotkins (Ingz, 72).

image