fbpx Betguru » APL. Chiroyli gollar va seyvlarga boy «Chelsi» — «Liverpul» bahsida jangovar durang qayd etildi
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

APL. Chiroyli gollar va seyvlarga boy «Chelsi» — «Liverpul» bahsida jangovar durang qayd etildi

Angliya chempionatining 21-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda «Liverpul» Londonda «Chelsi» bilan jangovar durang qayd etdi.

Bellashuvdagi barcha to‘plar birinchi bo‘limda kiritildi — Mane va Salohning gollariga mezbonlardan Kovachich hamda Pulishich javob berdi. Ikkinchi bo‘lim ham hujumkor ruhda o‘tdi, ammo darvozabonlar superseyvlari bilan jamoalariga ochko keltirishdi.

Durangdan so‘ng «Chelsi» (43) 2-o‘rinda, zaxira o‘yini bor «Liverpul» (42) 3-pog‘onada qoldi.

APL. 21-tur
Chelsi — Liverpul 2:2
2 yanvar, «Stemford Brij»
Gollar: Mane (9), Saloh (26) — Kovachich (42), Pulishich (45+1).
Chelsi — Mendi, Silva, Ryudiger, Chaloba (Jorjino, 70), Aspilikueta, Alonso, Kovachich, Kante, Maunt, Pulishich, Haverts (Hadson-Odoi, 79).
Liverpul — Kelleher, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Simikas, Henderson, Milner (Keyta, 69), Fabino, Saloh, Mane (Jons, 90), Jota (Oksleyd-Chemberlen, 69).
Ogohlantirishlar: Mane (1), Pulishich (17), Konate (83).

Ishonchli bukmekerni tanlang

image