Friday, 27 May 2022
← Go to the news

APL. «Chelsi» va «Nyukasl» safarda 3 ochko qo‘lga kiritdi, «Vulvz» va «Aston Villa» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Angliya chempionatida qoldirilgan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

«Chelsi» (56, 3-o‘rin) safarda autsayder «Norvich»ni (17, 20-o‘rin) ishonchli tarzda mag‘lub etdi.

2022 yilda yutqazmayotgan «Nyukasl» (31, 14-o‘rin) mehmonda «Sauthempton»dan (35, 10-o‘rin) ustun keldi.

«Vulverhempton» (43, 8-o‘rin) o‘z uyida «Uotford»ga (19, 19-o‘rin) javobsiz 4ta, «Aston Villa» (36, 9-o‘rin) safarda «Lids»ga (23, 16-o‘rin) 3ta gol urdi.

APL. Qoldirilgan o‘yinlar. 10 mart
30-tur

Norvich — Chelsi 1:3
Gollar: Pukki (69, penalti) — Chaloba (3), Maunt (14), Haverts (90).
Norvich – Krul, Aarons, Henli, Simmermann (Rupp, 46), Qoboq, Uilyams, Maklin, Le-Melu, Normann (Rashitsa, 46), Pukki, Sarjent (Rou, 84).
Chelsi – Mendi, Aspilikueta (Loftus-Chik, 46), Tiago Silva, Kristensen, Chaloba, Saul, Kovachich (Kante, 85), Jorjino, Maunt, Haverts, Verner (Lukaku, 86).

19-tur

Vulverhempton — Uotford 4:0
Gollar: Ximenes (13), Kucho (18, avtogol), Podense (25), Nevesh (86).
Vulverhempton – Joze Sa, Kastro (Shikinyu, 82), Boli, Koudi, Saiss, Ait-Nuri, Moutino, Podense, Ruben Nevesh, Hvan Xi Chan (Netu, 61), Ximenes (Fabiu Silva, 71).
Uotford – Foster, Femeniya (Kabasele, 30), Ketkart, Samir, Kamara, Sissoko, Kleverli (Etebo, 73), Luza, King (Kalu, 46), Ernandes, Dennis.

20-tur

Lids — Aston Villa 0:3
Gollar: Koutino (22), Kesh (65), Chembers (83).
Lids – Mele, Dallas, Eyling, Streyk, Firpo, Kox, Forshou (Klix, 67), Harrison (Bemford, 58), Rodrigo (Gelhardt, 46), Jeyms, Rafinya.
Aston Villa – Martines, Chembers, Mingz, Din, Koutino (Buendia, 77), Makginn, Duglas Luis, Remzi, Kesh, Ingz (Sanson, 71), Uotkins.

21-tur

Sauthempton — Nyukasl 1:2
Gollar: S.Armstrong (25) — Vud (32), Gimaraesh (52).
Sauthempton – Forster, Livramento, Bednarek, Salisu, Uoker-Piters, S.Armstrong, Elyunussi (Jenepo, 85), Romeu (Long, 79), Uord-Prouz, Adams, Broya (Armstrong, 73).
Nyukasl – Dubravka, Kraft, Sher, Bern, Targett, Mankilo, Shelvi, Bruno Gimaraes (Longstaff, 67), Uillok, Freyzer (Almiron, 85), Merfi, Vud.