fbpx Betguru » APL. «Chelsi» «Tottenhem»ning 9 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi Angliya Premer-ligasi 23-turining markaziy uchrashuvi Londonda o‘tdi.
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

APL. «Chelsi» «Tottenhem»ning 9 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi Angliya Premer-ligasi 23-turining markaziy uchrashuvi Londonda o‘tdi.

APL. «Chelsi» «Tottenhem»ning 9 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berdi Angliya Premer-ligasi 23-turining markaziy uchrashuvi Londonda o‘tdi. «Chelsi» o‘z maydonida «Tottenhem»ga qarshi maydonga tushib, Ziyosh va Silvaning ikkinchi bo‘limda kiritgan goli evaziga muhim g‘alabaga erishdi – 2:0. Natijada, «Chelsi» APLdagi 4 o‘yinlik g‘alabasiz seriyasini buzib, 47 ochko bilan 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, «Tottenhem» esa Antonio Konte qo‘l ostida APLdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi. «Tottenhem» bungacha italiyalik murabbiy qo‘l ostida turnirda 9 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandi. APL. 23-tur Chelsi – Tottenhem 2:0 Gollar: 1:0 – 47 Ziyosh, 2:0 – 55 Tiago Silva. Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Sarr, Ziyosh, Kovachich, Jorjino (Kante, 73), Maunt, Lukaku, Hadson-Odoi (Alonso, 87). Tottenhem – Loris, Doerti, Tanganga (Skipp, 57), Dayer, Sanches, Devis, Sessenon (Lukas Moura, 56), Xeyberg, Uinks, Keyn, Bergveyn. Ogohlantirishlar: Tiago Silva (24), Tanganga (37), Jorjino (42)

image