Tuesday, 6 December 2022
← Go to the news

APL. «Chelsi» Potterning sobiq jamoasiga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi, «Tottenhem»dan kambek, «Nyukasl»dan yirik g‘alaba va boshqa natijalar


Angliya Premer-ligasi 14-turi doirasidagi bir qator uchrashuvlar yakuniga yetdi.

«Chelsi» safarda jamoa bosh murabbiyi Grem Potterning sobiq jamoasi «Brayton»dan qaqshatqich zarbani qabul qilib oldi – 1:4.

«Tottenhem» «Bornmut» bilan bahsda Murning dubli evaziga mag‘lubiyatga uchrayotganiga qaramay, 90+2-daqiqada kambek qayd etdi – 3:2.

«Nyukasl» «Aston Villa»ni yirik hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, «Kristal Pelas» «Sauthempton»dan minimal hisobda ustun keldi. «Brentford» «Vulverhempton» bahsida murosa ko‘chasini tanlandi. Mehmonlar hujumchisi Diyego Kosta 90+7-daqiqada maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, «Tottenhem» 26 ochko bilan 3-o‘rinda qolgan bo‘lsa, 24 ochkoga ega «Nyukasl» 4-o‘rinda bormoqda. «Chelsi» 21 ochko bilan hozircha 5-o‘rinda bormoqda. «Brayton» 18 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi.

APL. 14-tur
Bornmut – Tottenhem 2:3
Gollar: 1:0 – 22 Mur, 2:0 – 49 Mur, 2:1 – 57 Sessenon, 2:2 – 73 Devis, 2:3 – 90+2 Bentankur.
Bornmut – Trevers, Smit, Senesi, Mifem, Zemura, Taverne (Frederiks, 78), Lerma, Kuk, Billing (Entoni, 63), Mur, Solanke (Stivens, 89).
Tottenhem – Loris, Emerson (Perishich, 63), Devis, Langle, Sanches (Dayer, 58), Sessenon (Xil, 84), Xeyberg, Bissuma (Bentankur, 58), Skipp (Lukas Moura, 46), Son Hyon Min, Keyn.

Brentford – Vulverhempton 1:1
Gollar: 1:0 – 50 Mi, 1:1 – 52 Ruben Nevesh.
Brentford – Rayya, Ayer (Roerslev, 83), Mi, Pinnok, Genri, Yensen (Damsgor, 37), Dasilva (Oneka, 83), Yanelt, Touni, Vissa (Lyuis-Potter, 75), Mbemo (Kanos, 83).
Vulverhempton – Joze Sa, Semedu, Kollinz, Kilmen, Bueno, Podense, Ruben Nevesh, Mateush Nunesh (Moutinyu, 41), Traore, Diyego Kosta, Traore (Gedesh, 83).
Chetlatish: Diyego Kosta, 90+7.

Brayton – Chelsi 4:1
Gollar: 1:0 – 5 Trossard, 2:0 – 14, avtogol Loftus-Chik, 3:0 – 42, avtogol Chaloba, 3:1 – 48 Xaverts, 4:1 – 90 Gross.
Brayton – Sanches, Dank, Uebster, Estupinyan, Lallana (Ensiso, 65), March, Mak Allister, Kaysedo, Mitoma (Lempti, 73), Gross, Trossard (Sarmiyento, 87).
Chelsi – Arrisabalaga (Mendi, 46), Tiago Silva, Kukurelya (Chiluell, 64), Chaloba, Pulishich (Broya, 79), Kovachich, Loftus-Chik, Maunt, Gallaxer (Ziyesh, 79), Xaverts, Sterling (Obameyang, 63).

Kristal Pelas – Sauthempton 1:0
Gol: 1:0 – 38 Eduar.
Kristal Pelas – Guaita, Uord, Andersen, Gexi, Mitchell, Milivoyevich, Shlupp, Eze (Ayyu, 63), Olise (Ridevald, 86), Zaa, Eduar (Xyuz, 75).
Sauthempton – Bazunu, Voynovich, Chaleta-Sar, Salisu, Perro (Djenepo, 74), Elyunussi (Edozi, 74), Armstrong (Mara, 86), Uord-Prouz, Diallo (Meytlend-Naylz, 46), Aribo, Adams.

Nyukasl – Aston Villa 4:0
Gollar: 1:0 – 45, penalti Uilson, 2:0 – 56 Uilson, 3:0 – 59 Joelinton, 4:0 – 67 Almiron.
Nyukasl – Poup, Tripper, Sher (Lassels, 83), Botman (Targett, 71), Bern, Bruno Gimaraes (Shelvi, 83), Longstaff, Uillok (Merfi, 71), Almiron (Sen-Maksimen, 86), Uilson (Vud, 86), Joelinton.
Aston Villa – Martines (Olsen, 35), Kesh (Din, 69), Mingz, Konsa, Yang, Dendonker (Makginn, 69), Buendia (Koutino, 61), Duglas Luis, Ingz, Uotkins, Beyli (Remzi, 61).