fbpx Betguru » APL. «Arsenal» ochko yo‘qotdi, «Lester» va «Aston Villa»dan yirik g‘alabalar, «Lids»da mag‘lubiyat
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

APL. «Arsenal» ochko yo‘qotdi, «Lester» va «Aston Villa»dan yirik g‘alabalar, «Lids»da mag‘lubiyat


APL 13-turi doirasidagi yana bir qator uchrashuvlar yakuniga yetdi.

«Arsenal» «Sauthempton» maydoniga safar qilib, g‘alabani saqlab qololmadi – 1:1.

«Lester» «Vulverhempton» maydonida yirik 4:0 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, «Aston Villa» Jerrardning iste’fosidan keyingi ilk o‘yinda «Brentford» darvozasiga 4ta gol urdi.

«Lids» esa o‘z maydonida turnir debyutanti «Fulhem»ga mag‘lub bo‘ldi – 2:3.

Shu tariqa, «Arsenal» 26 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, «Siti» hisobida 26 ochko bor. «Fulhem» 18 ochko bilan «Liverpul»dan o‘zib 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Lids», «Vulvz» va «Nottingem» 9 ochkodan jamg‘arib so‘nggi uchta o‘rinda bormoqda.

APL. 13-tur
Vulverhempton – Lester 0:4
Gollar: 0:1 – 8 Tilemans, 0:2 – 19 Barns, 0:3 – 65 Meddison, 0:4 – 79 Vardi.
Vulverhempton – Joze Sa, Kastro (Semedu, 67), Kollinz, Kilmen, Bueno, Moutinyu (Traore, 81), Podense, Ruben Nevesh, Mateush Nunesh (Kempbell, 66), Diyego Kosta (Xvan Xi Chxan, 80), Traore.
Lester – Uord, Kastan, Amarti, Fas, Djastin (Tomas, 88), Meddison, Barns (Olbrayton, 79), Tilemans, Sumare (Mendi, 61), Dyuzberi-Xoll (Prat, 62), Daka (Vardi, 61).

Sauthempton – Arsenal 1:1
Gollar: 0:1 – 11 Jaka, 1:1 – 65 Armstrong.
Sauthempton – Bazunu, Voynovich, Chaleta-Sar, Salisu, Perro, Elyunussi, Armstrong (Edozi, 80), Uord-Prouz, Diallo, Aribo (Adams, 73), Armstrong (Uolkott, 73).
Arsenal – Remsdeyl, Uayt (Tirni, 72), Gabriel, Saliba, Tomiyasu, Djaka, Parti, Edegor (Fabiu Viyeyra, 83), Saka, Gabriel Jezus, Martinelli (Nketia, 71).

Lids – Fulhem 2:3
Gollar: 1:0 – 20 Rodrigo, 1:1 – 26 Mitrovich, 1:2 – 74 Dekordova-Rid, 1:3 – 84 Villian, 2:3– 90+-1 Krisensio.
Lids – Mele, Eyling, Kuper, Kox, Streyk (Gelxardt, 84), Roka, Xarrison, Aaronson, Rodrigo (Bemford, 64), Sinisterra (Sammervill, 64), Grinvud (Klix, 76).
Fulhem – Leno, Rim, Adarabioyo, Robinson, Daffi, Rid, Uilson (Kebano, 63), Pereyra, Palinya, Dekordova-Rid, Villian, Mitrovich.

Aston Villa – Brentford 4:0
Gollar: 1:0 – 2 Beyli, 2:0 – 7 Ingz, 3:0 – 14, penalti Ingz, 4:0 – 59 Uotkins.
Aston Villa – Martines, Kesh (Chembers, 81), Mingz, Konsa, Yang, Dendonker (Makginn, 63), Buendia (Koutino, 71), Duglas Luis, Ingz, Uotkins (Archer, 81), Beyli (Remzi, 71).
Brentford – Rayya, Roerslev (Kanos, 46), Yorgensen (Damsgor, 61), Ayer, Pinnok, Genri, Yensen (Baptist, 78), Yanelt, Oneka (Dasilva, 46), Touni, Mbemo (Vissa, 61).

image