fbpx Betguru » APL. «Arsenal» «Nyukasl»ga yutqazib, 4-o‘rin uchun imkoniyatini pasaytirib yubordi
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

APL. «Arsenal» «Nyukasl»ga yutqazib, 4-o‘rin uchun imkoniyatini pasaytirib yubordi

Angliya chempionatining 37-turida «Arsenal» safarda «Nyukasl»ga (46, 12-o‘rin) imkoniyatni boy berdi va 4-o‘ringa qayta olmadi. Uaytning avtogoli va Gimaraesning goli mezbonlarga 3 ochko keltirdi.

«Arsenal» 66 ochko bilan 5-pog‘onada qoldi va so‘nggi tur oldidan YeCHL pozitsiyasidagi 4-o‘rinda turgan «Tottenhem»dan (68) 2 ochkoga ortda.

38-turda «Arsenal» «Everton»ni qabul qilsa, «Tottenhem» «Norvich» mehmoni bo‘ladi. Bu bahsda «shporlar»ni katta ehtimol bilan durang ham qoniqtiradi. Chunki Konte jamoasida to‘plar nisbati +24, «to‘pchilar»da esa +9.

APL. 37-tur
Nyukasl — Arsenal 2:0
16 may, «Sent Jeyms Park»
Gollar: Uayt (55, avtogol), Gimaraes (85).
Nyukasl – Dubravka, Kraft, Sher (Lassels, 49), Bern, Targett, Bruno Gimaraes, Longstaff, Almiron (Merfi, 77), Sen-Maksimen (Freyzer, 77), Uilson (Geyl, 90+4), Joelinton.
Arsenal – Remsdeyl, Tomiyasu (Soaresh, 39), Gabriel (Pepe, 73), Uayt, Nunu Tavaresh (Lyakazett, 62), Jaka, El-Nenni, Edegor, Smit-Rou (Martinelli, 53), Nketia, Saka.
Ogohlantirishlar: Uayt (8), Nketia (46), Jaka (90+5).

image