Tuesday, 6 December 2022
← Go to the news

APL. «Arsenal» gollarga boy derbida «Chelsi»dan ustun keldi, «Man Siti» 1-o‘ringa qaytdi va boshqa natijalar

Angliya chempionatida qoldirilgan o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

«Manchester Siti» «Brayton»ga (40, 10-o‘rin) javobsiz 3ta gol urdi va «Liverpul»ni (76) ortda qoldirgan holda 77 ochko bilan 1-o‘ringa qaytdi.

«Arsenal» (57, 5-o‘rin) gollarga boy London derbisida «Chelsi» (62, 3-o‘rin) ustidan g‘alaba qozonib, 4-o‘rindagi «Tottenhem»ga yetib oldi.

«Everton» (29, 17-o‘rin) «Lester» (41, 9-o‘rin) bilan o‘yinda 90+2-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Almiron «Nyukasl»ga (40, 11-o‘rin) «Kristal Pelas» (37, 14-o‘rin) ustidan g‘alaba keltirdi.

APL. Qoldirilgan o‘yinlar. 20 aprel
30-tur

Manchester Siti — Brayton 3:0
Gollar: Mahrez (53), Foden (65), Silva (82).
Manchester Siti – Ederson, Kanselu, Stounz (Zinchenko, 77), Laport, Ake (Diash, 46), Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Jezus, 83), Rodri, Silva, Foden, Marez.
Brayton – Sanches, Lempti (Uebster, 61), Dank, Veltman, Kukurelya, March, Mak Allister, Mvepu, Kaysedo, Gross, Uelbek (Mope, 78).
Ogohlantirishlar: Mak Allister (79), Uebster (81), Dank (89).

Nyukasl — Kristal Pelas 1:0
Gol: Almiron (32).
Nyukasl – Dubravka, Kraft, Sher, Bern, Targett, Shelvi, Bruno Gimaraes (Longstaff, 90+4), Almiron (Uillok, 77), Sen-Maksimen (Merfi, 76), Vud, Joelinton.
Kristal Pelas – Guaita, Klayn, Andersen, Geyi, Mitchell, Kuyate (Makartur, 60), Shlupp, Gallaher (Mateta, 60), Olise (Ayyu, 40), Zaa, Eduar.
Ogohlantirishlar: Almiron (33), Gallaher (45).

25-tur

Chelsi — Arsenal 2:4
Gollar: Verner (17), Aspilikueta (32) — Nketia (13, 57), Smit-Rou (57), Saka (90+2, penalti).
Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Kristensen (Silva, 46), Sarr, Jeyms, Alonso (Ziyosh, 81), Kante, Loftus-Chik, Maunt, Lukaku (Haverts, 60), Verner.
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Holding, Gabriel, Nunu Tavaresh, Jaka, El-Nenni, Edegor, Smit-Rou (Soaresh, 75), Nketia (Martinelli, 70), Saka (Lyakazett, 90+5).
Ogohlantirishlar: Sarr (65), Maunt (85), Gabriel (90+1), Aspilikueta (90+1).

18-tur

Everton — Lester 1:1
Gollar: Risharlison (90+2) — Barns (5).
Everton – Pikford, Koulmen, Godfri, Mina, Mikolenko, Delf, Allan (Alli, 58), Grey (Rondon, 66), Ivobi, Risharlison, Gordon.
Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Evans, Fofana, Kastan, Mendi (Amarti, 84), Tilemans, Meddison, Barns (Lukman, 67), Dyuzberi-Holl, Iheanacho (Daka, 77).
Ogohlantirishlar: Risharlison (75), Mina (80), Alli (86), Pikford (90+5), Daka (90+6).