fbpx Betguru » Angliya Kubogi. «Nottingem Forest» amaldagi chempion «Lester»ni yirik hisobda yengib…
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

Angliya Kubogi. «Nottingem Forest» amaldagi chempion «Lester»ni yirik hisobda yengib…

Angliya Kubogi. «Nottingem Forest» amaldagi chempion «Lester»ni yirik hisobda yengib, 1/8 finalga yo‘l oldi
Angliya Kubogi 1/16 finalida turnirning amaldagi g‘olibi «Lester» safarda «Nottingem Forest»ga yirik hisobda yutqazib, musobaqa bilan xayrlashdi.

E’tiborlisi, Nottingem klubi avvalgi bosqichda «Arsenal»ni (1:0) chiqarib yuborgandi. Jamoa 1/8 finalda o‘z maydonida «Haddersfild»ni qabul qiladi.

Angliya Kubogi. 1/16 final
Nottingem Forest — Lester 4:1
6 fevral. «Siti Graund»
Gollar: Zikernagel (23), Jonson (24), Uorrall (32), Spens (61) — Iheanacho (40).
Nottingem Forest – Samba, Spens, Kuk, Makkenna, Uorrell, Lou, Kafu (Garner, 88), Yeyts, Garner, Shande Silva, Jonson (Silva, 88), Sinkernagel (Kolbek, 63), Devis (Serrij, 71).
Lester – Uord, Jastin, Amarti, Suyunchi, Tomas, Ndidi, Tilemans (Dyuzberi-Holl, 65), Meddison, Barns (Daka, 46), Iheanacho, Lukman (Rikardu Pereyra, 65).
Ogohlantirishlar: Ndidi (59), Garner (65), Meddison (74).

image