fbpx Betguru » «Al-Hilol» Ronaldu bilan aloqaga chiqdi. Klub «aqlbovar qilmas» taklif berishga tayyor
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

«Al-Hilol» Ronaldu bilan aloqaga chiqdi. Klub «aqlbovar qilmas» taklif berishga tayyor


Saudiya Arabistonining yana bir klubi Krishtianu Ronalduga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Ar-Riyodning «Al-Hilol» klubi «Manchester Yunayted» sobiq forvardini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

«Krishtianu Ronaldu bilan «Al-Hilol» klubiga yaqin kishilar uchrashishdi. Klub unga aqlbovar qilmas shartnoma taklif qilishga tayyorligini bildirgan», – deya yozadi insayder.

Romanoning qayd etishicha, «Al-Hilol» yanvarda futbolchini o‘z safiga qo‘shib ololmasligi mumkin. Bu o‘tish yozda amalga oshishi mumkin. Kuni kecha Ronaldu yarim mavsumga «Real»ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. U o‘z xizmatini Madrid klubi rahbariyatiga taklif qilgan.

Avvalroq, Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi 37 yoshli portugaliyalik hujumchiga 2025 yilga qadar mo‘ljallangan 200 million yevrolik shartnoma taklif etmoqchi ekani haqida xabar qilingandi.

image