 
                «Al-Hilol» Ronaldu bilan aloqaga chiqdi. Klub «aqlbovar qilmas» taklif berishga tayyor
Saudiya Arabistonining yana bir klubi Krishtianu Ronalduga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Ar-Riyodning «Al-Hilol» klubi «Manchester Yunayted» sobiq forvardini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
«Krishtianu Ronaldu bilan «Al-Hilol» klubiga yaqin kishilar uchrashishdi. Klub unga aqlbovar qilmas shartnoma taklif qilishga tayyorligini bildirgan», — deya yozadi insayder.
Romanoning qayd etishicha, «Al-Hilol» yanvarda futbolchini o‘z safiga qo‘shib ololmasligi mumkin. Bu o‘tish yozda amalga oshishi mumkin. Kuni kecha Ronaldu yarim mavsumga «Real»ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. U o‘z xizmatini Madrid klubi rahbariyatiga taklif qilgan.
Avvalroq, Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi 37 yoshli portugaliyalik hujumchiga 2025 yilga qadar mo‘ljallangan 200 million yevrolik shartnoma taklif etmoqchi ekani haqida xabar qilingandi.
 
                 Deutsch
Deutsch English
English France
France Russian
Russian Turkey
Turkey Uzbekistan
Uzbekistan