fbpx Betguru » Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar uchlik ma’lum
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar uchlik ma’lum

Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga da’vogar yakuniy 3 nomzod nomi ma’lum qilindi.

Da’vogarlar — «Liverpul» klubi va Misr milliy jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh, «Bavariya»ning senegallik forvardi Sadio Mane, «Chelsi»ning senegallik darvozaboni Eduar Mendi.

G‘olib ertaga, 21 iyul kuni Rabot (Marokash) shahrida bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda e’lon qilinadi.

Mane 2019 yilda, Saloh esa 2017 va 2018 yillarda sovrinni qo‘lga kiritgan. Mukofot 2020 va 2021 yillarda koronavirus pandemiyasi sababli topshirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Mane va Mendi Senegal milliy jamoasi bilan birgalikda Afrika Millatlar Kubogida g‘olib chiqqan. Turnir finalida senegalliklar Saloh sardorligidagi Misrni penaltilar seriyasida (0:0, pen. 4:2) mag‘lub etishgandi.

image