fbpx Betguru » Afrika Kubogi.
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

Afrika Kubogi.

Misr Salohning goli va assisti evaziga Marokash ustidan irodali g‘alabaga erishib, yarimfinalga chiqdi
Afrika Millatlar Kubogi chorakfinalidan o‘rin olgan markaziy bahsda Misr Marokash ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bufal tezkor goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Saloh ikkinchi bo‘limda muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda — 100-daqiqada Salohning assistidan so‘ng Trezege g‘alaba to‘pini kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Keyrush jamoasi 1/8 finalda ham 120 daqiqa o‘ynagan va penaltilar seriyasida Kot-d’Ivuarni mag‘lub etgandi.

Misr yarimfinalda mezbon Kamerunga qarshi bahs yuritadi.

Afrika Millatlar Kubogi. 1/4 final
Misr — Marokash 2:1
30 yanvar. «Ahmadu Ajijo»
Gollar: Saloh (53), Trezege (100) — Bufal (7, penalti).
Misr — Gabaski (M.Sobhi, 96), Kamol, Hegazi (Trezege, 46), Adbulmonem, Al Fotih, Ashraf (Ala, 91), El Nenni, As Soliya, Saloh (Hamdi, 120+3), Marmush (Zizu, 80), Muhammad (R.Sobhi, 111).
Marokash — Bunu, Hakimi, Saiss, Aguerd, Masin

image