fbpx Betguru » A Seriya. «Yuventus» «Latsio» bilan bahsda 90+5-daqiqada g‘alabani boy berdi, «Fiorentina» yirik hisobda yutqazdi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Yuventus» «Latsio» bilan bahsda 90+5-daqiqada g‘alabani boy berdi, «Fiorentina» yirik hisobda yutqazdi

Italiya chempionatida 37-tur o‘yinlari yakunlandi.

«Yuventus» (70, 4-o‘rin) «Latsio»ni (63, 5-o‘rin) qabul qilib, qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Mezbonlardan Vlahovich va Morata, mehmonlardan Milinkovich-Savich gol urdi. Shuningdek, Sandro avtogol muallifiga aylandi.

Ushbu bahsda himoyachi Jorjo Kellini va hujumchi Paulo Dibala «keksa sinora» libosida Turindagi so‘nggi o‘yinlarini o‘tkazishdi va muxlislar bilan xayrlashishdi.

Yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashayotgan «Fiorentina» (59, 7-o‘rin) kutilmaganda Genuyada «Sampdoriya»ga (36, 15-o‘rin) yirik hisobda yutqazib qo‘ydi.

A Seriya. 37-tur. 16 may

Yuventus — Latsio 2:2
Gollar: Vlahovich (10), Morata (36) — Sandro (51, avtogol), Milinkovich-Savich (90+5).
Yuventus – Perin, Kellini (de Ligt, 18), Bonuchchi, Sandro, Lokatelli (Ake, 62), Miretti, Kuadrado, Morata (Pellegrini, 62), Dibala (Palumbo, 78), Bernardeski, Vlahovich (Ken, 62).
Latsio – Strakosha, Acherbi, Gabarron, Marushich, Luis Alberto (Bashich, 76), Kataldi (Leyva, 77), Milinkovich-Savich, Ladzari (Radu, 84), Dzakkani, Felipe Anderson, Jovane Kabral (Pedro, 52).
Ogohlantirishlar: Acherbi (41), Bernardeski (45), Kuadrado (68), Ake (80), Milinkovich-Savich (83), Gabarron (90).

Sampdoriya — Fiorentina 4:1
Gollar: Ferrari (16), Kualyarella (30), Torsbi (71), Sabiri (81) — Gonsales (89, penalti).
Sampdoriya – Audero (Ravalya, 86), Bereshinski, Kolli, Ferrari, Aujello, Kandreva (Damsgor, 82), Sabiri, Rinkon, Torsbyu, Ronaldu Viyeyra (Trimboli, 86), Kualyarella (Kaputo, 65).
Fiorentina – Terrachchano, Venuti (Terzich, 74), Igor Julio, Milenkovich, Biragi, Bonaventura, Dankan (Male, 46), Torreyra (Saponara, 74), Ikone (Kalexon, 66), Artur (Piontek, 66), Gonsales.
Ogohlantirishlar: Torreyra (14), Gonsales (15), Ronaldu Viyeyra (18), Male (69), Trimboli (89).
Chetlatish: Kolli (90+3).

image