 
                A Seriya. «Yuventus» Florensiyada yutqazdi, «Latsio» jangovar durang o‘ynab 5-o‘rinni egalladi, «Atalanta» yevrokuboklarsiz qoldi
Italiya chempionatining so‘nggi turidan o‘rin olgan bir nechta o‘yinlar yakunlandi.
«Latsio» 6ta gol urilgan bahsda «Verona» (53, 9-o‘rin) bilan jangovar durangga erishib, 64 ochko bilan 5-o‘rinni egalladi. Rim klubi hamshahari «Roma» bilan kelasi mavsumda Yevropa Ligasida qatnashadi.
«Fiorentina» (62) o‘z maydonida «Yuventus» (70, 4-o‘rin) ustidan g‘alaba qozonib, mavsumni 7-o‘rin bilan yakunladi va Konferensiyalar Ligasiga yo‘llanma oldi.
«Atalanta» (59, 8-o‘rin) Bergamoda «Empoli»ga (41, 14-o‘rin) imkoniyatni boy berdi va yevrokuboklarsiz qoldi.
A Seriya. 38-tur. 21 may
Fiorentina — Yuventus 2:0
Gollar: Dunkan (45+1), Gonsales (90+2, penalti).
Fiorentina – Terrachchano, Venuti (Odriosola, 62), Igor Julio, Milenkovich, Biragi, Bonaventura, Dankan (Torreyra, 85), Amrabat, Saponara (Ikone, 70), Piontek (Artur, 85), Gonsales.
Yuventus – Perin (Pinsolo, 46), Kellini (Rugani, 46), Bonuchchi, de Ligt, Aleks Sandro, Rabo, Lokatelli, Miretti (Makkenni, 76), Bernardeski (Ake, 60), Dibala, Ken (Vlaxovich, 76).
Latsio — Verona 3:3
Gollar: Kabral (16), Anderson (29), Pedro (62) — Simeone (6), Lazanya (14), Ongla (76).
Latsio – Strakosha, Acherbi, Luis Felipe (Kamenovich, 46), Marushich, Kataldi (Leyva, 73), Milinkovich-Savich, Bashich (Akpa-Akpro, 79), Ladzari, Dzakkani (Pedro, 48), Felipe Anderson, Jovane Kabral (Romero, 73).
Verona – Berardi, Faraoni, Chekkerini (Tamez, 46), Shutalo (Kazale, 30), Koppola, Lazovich, Velozu, Ongla (Depaoli, 85), Kaprari (Davidovich, 85), Simeone (Bessa, 70), Lazanya.
Atalanta — Empoli 0:1
Gol: Shtulats (79).
Atalanta – Musso, Hatebur (Pessina, 57), de Ron, Palomino, Gimshiti, Dzappakosta (Mele, 78), Froyler (Demiral, 83), Pashalich (Ilichich, 83), Kopmeyners (Skalvini, 78), Boga, Sapata.
Empoli – Vikario, Stoyanovich, Luperto, Viti, Kakache (Parizi, 74), Henderson (Di Franchesko, 68), Bandinelli (Shtulats, 68), Jurkovski, Aslani, La Mantiya (Bayrami, 46), Kutrone (Baldansi, 74).
Jenoa — Bolonya 0:1
Gol: Barrou (66).
Jenoa – Shemper, Hefti, Estigor, Vaskes, Krishito (Ekuban, 71), Ernani (Rovella, 67), Gudmundsson, Galdames (Frendrup, 46), Amiri (Kambyazo, 56), Portanova (Melegoni, 46), Yeboa.
Bolonya – Bardi (Banolini, 88), de Silvestri, Bonifatsi, Binks (Stivanello, 46), Ami (Xiki, 72), Deyks, Sxauten (Urbanski, 46), Ebisher, Dominges, Barrou, Raymondo (Vinyato, 75).
 
                 Deutsch
Deutsch English
English France
France Russian
Russian Turkey
Turkey Uzbekistan
Uzbekistan