fbpx Betguru » A Seriya. «Yuventus» debyutantlar Vlahovich va Zakariyoning gollari evaziga g‘alaba qozonib, 4-o‘ringa ko‘tarildi.
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Yuventus» debyutantlar Vlahovich va Zakariyoning gollari evaziga g‘alaba qozonib, 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Italiya chempionatining 24-turida «Yuventus» o‘z maydonida «Verona»ni qabul qilib, jamoa safiga qishki transferlar oynasida kelib qo‘shilgan Vlahovich va Zakariyoning gollari evaziga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Turin klubi ochkolarini 45taga yetkazib, 4-o‘ringa chiqib oldi. «Verona» 33 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 24-tur
Yuventus — Verona 2:0
6 fevral, «Alyans Stedium»
Gollar: Vlahoaich (13), Zakariyo (61).
Yuventus – Shchensni, Danilo, Kellini (Rugani, 75), de Ligt, De Shilo, Rabo, Zayeariyo (Makkenni, 83), Artur, Morata (Ken, 83), Dibala (Kuadrado, 75), Vlahovich.
Verona – Montipo, Depaoli, Chekkerini (Retsos, 72), Gyunter, Kazale (Shutalo, 84), Lazovich, Velozu (Bessa, 46), Tamez, Barak (Kalinich, 72), Ilich (Prashelik, 84), Lazanya.
Ogohlantirishlar: Depaoli (17), Morata (58).18:21

image