fbpx Betguru » A Seriya. «Roma» «Verona» bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi…
Friday, 26 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Roma» «Verona» bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi…

A Seriya. «Roma» «Verona» bilan bahsda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, Kualyarellaning dubli «Sampdoriya»ga g‘alaba keltirdi
Italiya chempionatining 26-turida «Roma» (41, 7-o‘rin) o‘z maydonida «Verona»ni (37, 9-o‘rin) qabul qilib, 0:2 hisobida yutqaza turib mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Barak va Tamezning gollariga Volpato hamda Bove javob berishdi.

Rim klubi safida jami 9 futbolchi maydonga tusha olmadi. Ularning 4 nafari, xususan, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov koronavirusga chalingan.

«Sampdoriya» (26, 15-o‘rin) o‘z uyida Kualyarellaning dubli evaziga «Empoli» (31, 11-o‘rin) ustidan g‘alaba qozonib, 15-o‘ringa ko‘tarildi.

A Seriya. 26-tur. 19 fevral

Roma — Verona 2:2
Gollar: Volpato (65), Bove (84) — Barak (5), Tamez (20).
Roma – Patrisiu, Smolling, Karsdorp, Kumbula, Vinya (Zalevski, 46), Meytlend-Naylz (Bove, 78), Serjiu Oliveyra (Veretu, 46), Kristante, Pellegrini, Abraham, Afena-Gyan (Volpato, 62).
Verona – Montipo, Faraoni, Chekkerini (Shutalo, 78), Gyunter, Kazale (Depaoli, 56), Lazovich, Tamez (Retsos, 79), Barak, Ilich, Kaprari (Bessa, 64), Simeone (Lazanya, 64).

Sampdoriya — Empoli 2:0
Gollar: Kualyarella (14, 29).
Sampdoriya – Falkone, Bereshinski, Kolli, Ferrari, Murru (Aujello, 70), Ekdal (Ronaldu Viyeyra, 86), Kandreva, Torsbyu, Sabiri (Rinkon, 69), Kualyarella (Konti, 62), Kaputo.
Empoli – Vikario, Stoyanovich, Romanoli, Viti, Parizi (Kakache, 78), Benassi (Henderson, 63), Bayrami (Di Franchesko, 75), Jurkovski (Bandinelli, 63), Aslani, Kutrone (La Mantiya, 63), Pinamonti.

image