fbpx Betguru » A Seriya. «Roma» Shomurodov ishlagan penalti sabab 90+4-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, «Atalanta»da kutilmagan durang
Tuesday, 23 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Roma» Shomurodov ishlagan penalti sabab 90+4-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, «Atalanta»da kutilmagan durang

Italiya chempionatining 29-turida «Roma» (48, 5-o‘rin) mehmonda «Udineze» (30, 14-o‘rin) bilan bahs yuritib, 90+4-daqiqada penaltidan gol urib mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. E’tiborlisi, penaltini O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov ishladi.

«Atalanta» (48, 6-o‘rin) esa Bergamoda autsayderlardan biri «Jenoa» (19, 19-o‘rin) darvozasiga yo‘l topa olmadi.

A Seriya. 29-tur. 13 mart

Udineze — Roma 1:1
Gollar: Molina (15) — Pellegrini (90+4, penalti).
Udineze – Silvestri, Molina, Mari, Rodrigo Bekao, Peres (Zegelar, 82), Udoji, Yayalo, Pereyra, Makengo (Samarjich, 87), Deulofeu (Puzzeto, 87), Betu.
Roma – Patrisiu, Karsdorp (Veretu, 73), Smolling, Manchini (Peres, 85), Rojer, Zalevski (Afena-Gyan, 65), Serjiu Oliveyra (El-Shaaravi, 47), Kristante, Pellegrini, Dzanolo, Abraham (Shomurodov, 65).

Atalanta — Jenoa 0:0
Atalanta — Sportello, Skalvini (Demiral, 78), Palomino, Jimsiti, Dzappakosta (Hatebur, 57), Kopmeyners, Pessina, Mele (Boga, 46), Pashalich (Mixaile, 90+1), Malinovskiy (Toloi, 57), Muriel.
Jenoa — Sirigu, Frendrup, Maksimovich, Ostigard, Vaskes, Galdames (Kallon, 87), Badel, Melegoni, Amiri (Ernani, 73), Portanova, Yeboa (Destro, 71).

image