fbpx Betguru » A Seriya. «Roma» safarda «Sassuolo» bilan jangovar durang qayd etdi…
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Roma» safarda «Sassuolo» bilan jangovar durang qayd etdi…

A Seriya. «Roma» safarda «Sassuolo» bilan jangovar durang qayd etdi, Eldor zaxiradan maydonga tushdi
Italiya chempionatining 25-turida «Roma» safarda «Sassuolo» bilan bahs yuritib, 90+4-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Birinchi bo‘lim so‘ngida Abraham penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Smolling o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. 73-daqiqada Traore mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, 90+4-daqiqada esa Kristante muvozanatni tikladi.

Rimliklar safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.

«Roma» 40 ochko bilan 7-pog‘onada, «Sassuolo» 30 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.

A Seriya. 25-tur. 13 fevral

Sassuolo — Roma 2:2
Gollar: Smolling (47, avtogol), Traore (73) — Abraham (45+1, penalti), Kristante (90+4).
Sassuolo – Konsili, Myuldyur, Kirikesh, Ferrari, Kiryakopulos, Lopes, Frattezi (Ayxan, 80), Mateus Enrike (Harrui, 67), Traore, Defrel (Ruan, 80), Berardi (Seyde, 84).
Roma – Patrisiu, Karsdorp (Peres, 83), Smolling, Manchini (Veretu, 77), Kumbula, Vinya (Meytlend-Naylz, 76), Mxitaryan, Serjiu Oliveyra (Kristante, 69), Pellegrini, Abraham, Afena-Gyan (Shomurodov, 69).
Chetlatish: Ferrari (78).

Verona — Udineze 4:0
Gollar: Depaoli (2), Barak (31), Kaprari (66), Tamez (85).
Verona – Montipo, Depaoli (Retsos, 83), Chekkerini (Faraoni, 60), Gyunter, Kazale, Lazovich, Tamez, Barak, Ilich (Bessa, 60), Kaprari (Prashelik, 73), Simeone (Lazanya, 73).
Udineze – Silvestri, Molina, Zegelar, Mari, Rodrigo Bekao, Udoji (Soppi, 46), Yayalo (Betu, 63), Uolas, Makengo, Deulofeu, Saksess (Pussetto, 72).

Empoli — Kalyari 1:1
Gollar: Pinamonti (38) — Pavoletti (84).
Empoli – Vikario, Stoyanovich, Romanoli, Viti, Parizi, Bandinelli (Benassi, 75), Bayrami (Verre, 89), Jurkovski (Ismayli, 89), Aslani, Kutrone (Henderson, 65), Pinamonti.
Kalyari – Krano, Bellanova (Keyta Balde, 79), Goldaniga, Obert (Cheppitelli, 59), Lovato (Altare, 28), Likoyannis (Bazelli, 59), Dalbert, Marin (Pavoletti, 79), Grassi, Pereyro, Joao Pedro.

Jenoa — Salernitana 1:1
Gollar: Destro (32) — Bonatssoli (45).
Jenoa – Sirigu, Hefti, Maksimovich, Vanxoysden, Vaskes (Kambyazo, 58), Badel (Pikkoli, 80), Sturaro, Portanova (Rovella, 58), Destro (Gudmundsson, 67), Ekuban, Yeboa (Melegoni, 67).
Salernitana – Sepe, Matssokki, Fasio, Dregushin, Raneri, Radovanovich (Kastanos, 74), Kulibali, Ederson (Perotti, 62), Verdi (Dzortea, 82), Jurich (Mikael, 82), Bonatssoli (Riberi, 74).

image