fbpx Betguru » A Seriya. «Roma» o‘z maydonida «Jenoa»ni mag‘lub eta olmadi
Saturday, 20 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Roma» o‘z maydonida «Jenoa»ni mag‘lub eta olmadi

Italiya A Seriyasi 24-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvda «Roma» o‘z maydonida «Jenoa»ga qarshi maydonga tushdi.

Rimda o‘tgan uchrashuvning kulminatsion voqealari ikkinchi bo‘limda sodir bo‘ldi. 68-daqiqada genuyaliklar tarkibidan Estigor maydondan chetlatilgach, son jihatdan bir kishi ko‘p bo‘lgan Joze Mourino shogirdlari so‘nggi daqiqalargacha hujumkor to‘p surib, nihoyat 90+2-daqiqada hisobni ochishdi. Biroq Dzanolaning kiritgan goli VARda tekshirilgach, golgacha bo‘lgan vaziyatda Abraham o‘yin qoidasini buzgani sababli bekor qilindi.

Shundan so‘ng asabini jilovlay olmagan italiyalik futbolchi so‘nggi soniyalarda qizil kartchoka bilan maydonni ertaroq tark etdi. Bahsda esa hisob ochilmadi – 0:0. Shu kuni Eldor Shomurodov zaxirada qoldi.

A Seriya. 24-tur
Roma – Jenoa 0:0
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp (Veretu, 71), Smolling, Manchini, Rojer, Meytlend-Naylz (Afena-Gyan, 57), Mxitaryan, Serjiu Oliveyra (El-Shaaravi, 57), Kristante, Dzanolo, Abr20:02

image