fbpx Betguru » A Seriya. «Roma» «Lechche»ni mag‘lub etib 5-o‘ringa ko‘tarildi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi Italiya A Seriyasi 9-turida «Roma» «Lechche»ga qarshi maydonga tushdi.
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Roma» «Lechche»ni mag‘lub etib 5-o‘ringa ko‘tarildi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi Italiya A Seriyasi 9-turida «Roma» «Lechche»ga qarshi maydonga tushdi.

Rimda o‘tgan bahsda Smolling va Dibala tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarga muhim g‘alaba keltirdi. Raqibning yagona goli Espeto nomiga yozildi – 2:1. Eldor Shomurodov 77-daqiqada Belotti o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.

Shu tariqa, «Roma» ochkolari sonini 19taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Lechche» 7 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

A Seriya. 9-tur.
Roma – Lechche 2:1
Gollar: 1:0 – 6 Smolling, 1:1 – 39 Espeto, 2:1 – 48, penalti Dibala.
Roma – Ruy Patrisiu, Smolling, Manchini (Kumbula, 88), Rojer, Vinya (Spinatssola, 46), Kristante, Pellegrini, Dzanolo (Abraham, 46), Zalevski, Dibala (Matich, 50), Belotti (Shomurodov, 77).
Lechche – Falkone, Jandre, Umtiti, Baskirotto, Petssella, Yulmand, Askildsen (Xelgason, 71), Gonsales (Blen, 46), Banda (Kolombo, 81), Sisey (Uden, 90), Espeto (Di Franchesko, 71).
Ogohlantirishlar: Umtiti (57), Rojer (60), Manchini (62), Di Franchesko (88).
Chetlatish: Yulmand (22).

image