fbpx Betguru » A Seriya. «Roma» Genuyada g‘alaba qozonib, 4-o‘ringa chiqib oldi
Friday, 19 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Roma» Genuyada g‘alaba qozonib, 4-o‘ringa chiqib oldi



Italiya chempionatining 10-turida «Roma» Genuyada Mourinoning sobiq shogirdi Stankovich boshqarayotgan «Sampdoriya»ni Pellegrinining penaltidan kiritgan yagona to‘pi evaziga mag‘lubiyatga uchratdi.

Rim klubi ochkolarini 22taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. G‘alaba nimaligini bilmayotgan «Sampdoriya» 3 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qoldi.

A Seriya. 10-tur
Sampdoriya — Roma 0:1
17 oktyabr, «Luiji Ferraris»
Gol: Pellegrini (9, penalti).
Sampdoriya – Audero, Bereshinski, Kolli, Ferrari, Aujello (Murru, 46), Leris (Pussetto, 46), Jurichich (Sabiri, 75), Rinkon (Verre, 59), Vilyar, Gabbyadini (Kualyarella, 59), Kaputo.
Roma – Patrisiu, Smolling, Manchini, Rojer, Kristante, Pellegrini, Kamara (Matich, 69), Zalevski (Karsdorp, 84), Belotti (Bove, 84), Abraham (Dzanolo, 69), El-Shaaravi (Spinatssola, 74).
Ogohlantirishlar: Rojer (32), Rinkon (39), Stankovich (64), Verre (65), Pellegrini (67), Pussetto (72), Kolli (90+1), Dzanolo (90+4).

image