fbpx Betguru » A Seriya. Peshqadam «Milan» so‘nggi o‘rindagi «Salernitana»ni mag‘lub etolmadi…
Thursday, 18 April 2024
← Go to the news

A Seriya. Peshqadam «Milan» so‘nggi o‘rindagi «Salernitana»ni mag‘lub etolmadi…

A Seriya. Peshqadam «Milan» so‘nggi o‘rindagi «Salernitana»ni mag‘lub etolmadi
Italiya chempionatining 26-turida peshqadam «Milan» kutilmaganda safarda autsayder «Salernitana»ni mag‘lubiyatga uchrata olmadi. Messias va Rebichning gollariga mezbonlardan Bonatssoli hamda Jurich javob berdi.

«Milan» 56 ochko bilan 1-o‘rinda, ammo ushbu turda «Inter» va «Napoli» g‘alaba qozonib «rossoneri»ni ortda qoldirishi mumkin. «Salernitana» esa 14 ochko bilan 20-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 26-tur
Salernitana — Milan 2:2
19 fevral, «Arechi»
Gollar: Bonatssoli (29), Jurich (72) — Messias (5), Rebich (77).
Salernitana – Sepe, Matssokki, Fasio, Dregushin, Raneri, Riberi (Perotti, 69), Radovanovich (Ederson, 15), Kastanos (Obi, 69), Kulibali, Jurich (Mikael, 82), Bonatssoli (Musse, 82).
Milan – Menyan, Kalabriya (Florensi, 73), Romanoli, Tomori, Ernandes, Binnosir (Kessie, 46), Tonali, Jiru, Leau, Dias (Rebich, 61), Messias (Salemakers, 73).
Ogohlantirishlar: Binnosir (35), Ederson (52), Jiru (60), Rebich (70), Jurich (73), Romanoli (83).

image