fbpx Betguru » A Seriya. «Napoli» Rimda «Latsio» ustidan g‘alaba qozonib…
Thursday, 25 April 2024
← Go to the news

A Seriya. «Napoli» Rimda «Latsio» ustidan g‘alaba qozonib…

A Seriya. «Napoli» Rimda «Latsio» ustidan g‘alaba qozonib, peshqadamga aylandi
Italiya chempionatining 27-turida «Napoli Rimda «Latsio» ustidan g‘alaba qozondi. Insinening goliga Pedro 88-daqiqada javob bergandi, ammo 90+4-daqiqada Ruis neapolliklarga g‘alaba keltiruvchi to‘pni kiritdi.

«Napoli» ochkolarini 57taga yetkazib, «Milan»ga tenglashdi va o‘zaro o‘yin natijasiga ko‘ra peshqadamga aylandi. «Latsio» esa 43 ochko bilan 7-pog‘onada qoldi.

A Seriya. 27-tur
Latsio — Napoli 1:2
27 fevral, «Olimpiko»
Gollar: Pedro (88) — Insine (62), Ruis (90+4).
Latsio – Strakosha, Marushich, Gabarron (Acherbi, 84), Luis Felipe, Radu (Hyusay, 71), Leyva (Bashich, 84), Luis Alberto, Milinkovich-Savich, Dzakkani, Immobile, Felipe Anderson (Pedro, 65).
Napoli – Ospina, Di Lorenso, Kulibali, Rrahmani, Ruy, Demme (Lobotka, 81), Zelinski (Elmaz, 57), Ruis, Insine (Jezus, 90+6), Politano (Unas, 81), Osimhen.
Ogohlantirishlar: Radu (71), Immobile (79), Dzakkani (82), Ruy (90+3), Ruis (90+7).

image